30/09/2019

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tizimda ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan xodimlar hamda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti ustoz-murabbiylari sharafiga bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda qo‘mita Raisi va markaziy apparat xodimlari hamda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti ustoz-murabbiylari ishtirok etdi.


Tadbirni qo‘mita Raisi Begalov Baxodir Abdusalomovich ochib berib, 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan yurtimizdagi barcha mehribon, zahmatkash va fidoyi ustozlarni, statistika tizimida ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan xodimlar hamda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti ustoz-murabbiylarini  kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

Tadbir yakunida statistika tizimida ko‘p yillardan buyon mehnat qilib kelayotgan xodimlar hamda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti ustoz-murabbiylariga esdalik sovg‘alari berildi.

Mazkur bayram munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi yurtimizdagi barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘lik, ijodiy muvaffaqiyat va ulkan parvozlar tilab, samimiy muborakbod etadi.

Shogirdlar kamolini ko‘rish baxti barchangizga nasib etsin! Umringiz uzoq, hayot yo‘lingiz quvonchu shodliklarga limmo-lim bo‘lsin, aziz ustozlar!

Samimiy va chuqur hurmat ila, 

Davlat statistika qo‘mitasi Axborot xizmati