2019-yilning 23-26 sentabr kunlari Nyu-Deli shahrida (Hindiston) bo`lib o`tgan “Barqaror Rivojlanish Maqsadlari global darajada monitoring qilishni qo‘llab-quvvatlashda shahar, shaharchalar, qishloq joylari ta'rifini qo‘llash imkoniyatini baholash” mavzusidagi seminarda Davlat statistika qo`mitasi Aholi, demografiya va mehnat statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi bosh mutaxassisi Jamshid Eshniyazov ishtirok etdi.
Ushbu seminarda Bangladesh, Nepal, Shri-Lanka Hindiston, Butan, Ozarbayjon, Armaniston, O‘zbekiston davlatlaridan mutaxassislar, BMTning aholi punktlari bo‘yicha dasturi va boshqa xalqaro tashkilotlardan ekspertlar ishtirok etishdi.
Seminarning asosiy maqsadi Yevropa Ittifoqi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan "Urbanizasiya darajasi" yondashuvini muhokama qilishdir. Shuningdek, bu jarayonda shahar, shaharcha hududi nima ekanligini tezkor aniqlash, shahar yoki shaharcha hududini o‘lchashning eng yaxshi usulini kelishib olishga alohida e’tibor qaratildi.
Axborot xizmati