Shu yil 24-sentabr kuni Davlat statistika qo`mitasida Jeneva (Sveytsariya) shahrida “Aholi va uy joy fondini ro`yxatga olish masalalari bo`yicha ekspertlar guruhi yig‘ilishi” hamda Bangkok (Tailand) shahrida “Fuqarolik holatini ro`yxatdan o`tkazish va aholining tabiiy harakati” mavzularida bo`lib o`tgan seminarlar natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi.
Unda Statistika ishlarini tashkil etish va metodologiya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Tulyaganov, Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i o`rinbosari – Z.Yuldoshev va Mehnat resurslari balansi, bandlik va mehnatga haq to`lash ko`rsatkichlarini shakllantirish bo`limi boshlig`i o‘rinbosari Umid Tashmuhamedov xizmat safarlari taassurotlari yuzasidan atroflicha ma`lumot berdi.
Seminar davomida yuqoridagi mavzular bo‘yicha olingan bilim va tajribalar yuzasidan fikr-mulohaza almashinib, qatnashchilarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi.
Axborot xizmati