24/09/2019

Joriy yil 23-sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Osiyo taraqqiyot banki missiyasi vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi ipoteka bozorini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xorijiy ekspertlar va qo‘mita mutaxassislari uy xo‘jaliklari daromadlari va xarajatlari, uy-joy siyosati va narxlari indeksi, uy xo‘jaliklari daromadlarini taqsimlash amaliyoti, ijara to‘lovlarini to‘lash haqida fikr almashildi.

Uchrashuv davomida yangi qurilgan turar-joy binolaridagi xonadonlarning narxi to‘g'risida ma'lumot to‘plash sifati yaxshilangani, qurilish ishlari statistikasi bo‘yicha so‘rovnoma shaklining o‘zgargani va narxlarni kuzatish asosida tahliliy hisobotlar shakllantirilgani haqida batafsil so‘z yuritildi.

Axborot xizmati