23/09/2019

Davlat statistika qo‘mitasining Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.Mamadjanov hamda Iste'mol va ishlab chiqaruvchilar narxlari statistikasi bo‘yicha yig‘ma tahliliy axborotlarni shakllantirish bo‘limi bosh mutaxassisi N.Dalinskaya 2019-yil 17–18-sentyabr kunlari Moskva shahrida o‘tkazilgan xizmat safari natijalari bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi.

Taqdimot davomida “Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlarida daromadlar va farovonlikni o‘rganish tajribasi va muammolari bo‘yicha anjuman” materiallari ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Jumladan, anjumanda muhokama qilingan raqamli iqtisodiyot, milliy hisoblar tizimida buxgalteriya hisobi, uy xo‘jaliklarining moliyaviy balanslarini tahlil kilish uchun milliy hisoblar tizimi va pul statistikasidan keng foydalanish masalalari bo‘yicha ma'lumot berildi.

YaIM doirasida Rossiyadagi uy xo‘jaliklari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri operatsiyalar, MDH, Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining harid qobiliyati pariteti bo‘yicha tabaqalanishi, Markaziy va G‘arbiy Osiyoda o‘tish davri iqtisodiyoti bo‘lgan mamlakatlarda xizmatlarning rivojlanish potensialini o‘lchash uchun harajatlar ishlab chiqarish jadvallaridan foydalanish kabi qator masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Bundan tashqari, mavzuga oid o‘zlashtirilgan bilimlarni statistika amaliyotiga tadbiq etish zaruriyati masalalari ko‘rib chiqildi.

Taqdimot yakunida mavzuga yuzasidan qo‘mita xodimlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.

Axborot xizmati