2019-yilning 17–19-sentabr kunlari Tailandning Bangkok shahrida BMTning Osiyo va Tinch Okeani hududi bo`yicha iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi tomonidan Osiyo va Tinch Okeani hududida “Fuqarolik holatini ro`yhatdan o`tkazish va aholining tabiiy harakati” mavzusi bo`yicha mintaqaviy boshqaruv guruhining beshinchi yig’ilishi tashkil etildi. Unda Davlat statistika qo`mitasi Mehnat resurslari balansi, bandlik va mehnatga haq to`lash ko`rsatkichlarini shakllantirish bo`limi boshlig`i o’rinbosari Umid Tashmuhamedov qatnashdi.
Tadbirda Avstraliya, Armaniston, Afg’oniston, Bangladesh, Butan, Fiji, Vanuati, Kiribati, Yangi Zelandiya, Pokiston, Hindiston, Eron, Shri-Lanka, Malayziya, Filippin, Tailand, Mo`g’iliston, Gruziya, Qozog`iston mamlakatlari vakillari ishtirok etdi. Shuningdek, BMTning Osiyo va Tinch Okeaniya bo’icha Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (UN ESCAP), BMTning qochoqlar bo’yicha Boshqarmasi (UNHCR), BMTning Bolalar bo’yicha Jamg’armasi (UNICEF), Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti (WHO), Jahon Banki va boshqa xalqaro tashkilotlar ekspertlari ham qatnashdi.
Yig'ilishda Fuqarolik holati dalolatnomalari va aholining tabiiy harakati (tug'ilish, vafot, nikoh, ajralish) bo'yicha mintaqaviy boshqaruv guruhining tavsiyalarini bajarish bo'yicha ishlarning joriy holati, dalolatnomalarni ro'yxatga olishning to'liqligi va hisobot jarayonini takomillashtirish, jarayonlarni muvofiqlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Axborot xizmati