19/09/2019

27-sentabr kuni Toshkent shahrida O'zbekiston AKT haftaligi "ICTWEEK UZBEKISTAN 2019" doirasida "Open Data Tashkent 2019" ochiq ma'lumotlar konferensiyasi bo’lib o’tadi.

Konferensiyada quyidagi xalqaro ekspertlar qatnashishi ko’zda tutilgan:

  • YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori maslahatchilari Azimiddin Raxmatov va Katerina Oniliogvu;
  • Jahon banki maslahatchilari Endryu Stott, Vlad Manoyl va Stela Lyuka.

Anjuman O'zbekistonda ochiq ma'lumotlarni rivojlantirish, portallar faoliyatida muvaffaqiyatli xalqaro tajribani o'rganish va ushbu sohadagi eng yaxshi amaliy bilimlarni o'zaro almashinuviga bag'ishlanadi.

Tadbirni o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad O'zbekiston Respublikasida ochiq ma'lumotlarni yanada rivojlantirish bo'yicha mamlakat rahbariyati tomonidan qo'yilgan vazifalarni o'z vaqtida va sifatli bajarishdan iborat.

Konferensiya O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi loyihalarni boshqarish bo'yicha milliy agentlik tomonidan YXHTning O'zbekistondagi loyihalari koordinatori, Jahon banki, O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va IT Park bilan birgalikda tashkil etilmoqda.

 

Axborot xizmati