2019-yil 19-sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Statistik ma’lumotlarni jamlash va guruhlash” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti Makroiqtisodiy statistika va milliy hisoblar kafedrasi dotsenti G‘.Ismoilov mavzu yuzasidan fikr bildirdi.
Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlar haqidagi statistik ma’lumotlarga ishlov berish bosqichlari haqida tushuncha berish, hamda bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni atroflicha muhokama qilish.
Seminar davomida mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlar va ularning amaliyotda qo‘llanilishiga doir tushunchalar berildi.
Shuningdek, statistik ma’lumotlarni guruhlashning mohiyati va asosiy tamoyillari hamda, uning ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni tahlil qilishdagi ahamiyati haqida fikr almashinildi.
Axborot xizmati