16/09/2019

Joriy yilning 11–13-sentabr kunlari Minsk shahrida Yevropa Erkin savdo uyushmasi, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi statistika qo‘mitasi hamda Belarus Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi hamkorligida Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo mamlakatlarida iste'mol narxlari indekslarini hisoblash masalalari bo‘yicha mintaqaviy seminar o‘tkazildi.

Mazkur seminarda Davlat statistika qo‘mitasining Iste'mol narxlari indeksi bo‘limi boshlig‘i Muzaffar Jomolov ham ishtirok etdi.

Seminarda iste'mol narxlari indeksini hisoblash borasida ishtirokchi mamlakatlardagi mavjud muammolar, narx indekslarini xalqaro metadologiyasining amaliyoti bilan tanishish, muayyan og‘irliklarnining tuzilishi kabi masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi. Ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘z taqdimotlarini namoyish qildi. Davlatlar tajribalari bo‘yicha muhokamalar olib borildi. Zaruriy statistik ma'lumotlarni shakllantirish bilan bog‘liq joriy muammolarni hal etishning istiqbollari ko‘rib chiqildi.

Ushbu mintaqaviy seminarda ko‘tarilgan masalalar, xalqaro ekspertlarning iste'mol narxlari indeksini hisoblash sohasidagi fikrlari, ishtirokchi mamlakatlarning eng so‘nggi tajribalari, erishgan yutuqlari statistika sohasi rivojida muhim ahamiyat kasb etishi ta'kidlandi.     

Axborot xizmati