13/09/2019

2019 yil 12 sentabr kuni  Davlat statistika qo`mitasida Xitoy Xalq Respublikasining Kunming shahrida bo`lib o`tgan “Osiyo Baholash Haftaligi-2019” xalqaro forumi natijalariga bag`ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminarda 2019 yil 2-6-sentyabr kunlari Kunming (Xitoy Xalq Respublikasi) shahrida bo`lib o`tgan xalqaro forumda ishtirok etgan Axborotlarni tarqatish, xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasining boshlig`i o`rinbosari Ulug`bek Noipov turli davlatlardagi baholashga bo`lgan o`ziga xos yondashuvlar, baholash natijalarining qaror qabul qilishdagi ahamiyati hamda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni baholash, shu jumladan, ixtiyoriy milliy sharh masalalari bo`yicha ma`lumot berdi.

 Seminarda U.Noipov baholash sohasidagi eng so`nggi xalqaro tajribalar, erishilgan yutuqlar va ushbu sohadagi keng o`rganilishi zarur bo`lgan masalalar bo`yicha o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.

Seminar yakunida hamkasblar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berildi.

Axborot xizmati