2019-yil 12-sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni statistik modellashtirish” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori, i.f.d., professor B.G‘oyibnazarov hamda Makroiqtisodiy statistika va milliy hisoblar kafedrasi dotsenti G‘.Ismoilov mavzu yuzasidan fikr bildirdi.
Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlarni statistik modellashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, hamda bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni atroflicha muhokama qilishdan iborat.
Seminar davomida mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlar va ularning amaliyotda qo‘llanilishiga doir tushunchalar berildi.
Shuningdek, o‘rganilayotgan omil belgi bilan natijaviy belgi o‘rtasidagi bog‘liqlikning zichligini baholovchi Spirmen va Kendell koeffitsiyentlari, ularning statistik mohiyati haqida fikr almashinildi.
Axborot xizmati