11/09/2019

Joriy yilning 11-sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida qo‘mita markaziy apparati xodimlari uchun o‘tkazilgan tadbirda ma'naviyatning inson hayotidagi o‘rni xususida fikr-mulohaza yurtildi. Uchrashuvga Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetidan tarix fanlari nomzodi, dotsent Murodullo Mirzayev  taklif etildi.

Tadbirda M.Mirzayev mamlakatimizning tarixiy o’tmishi, bugungi kunda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun-mohiyati to‘g‘risida so‘z yuritdi. Dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyati, ayniqsa, odam savdosi, terrorizm, diniy ekstremizm, "ommaviy madaniyat" va boshqa tahdidlarga qarshi kurashish lozimligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Uchrashuvda xodimlar o‘rtasida mehr-oqibat, odob-axloq, muomala madaniyati, kamtarlik, samimiylik sifatlari haqida so‘z yuritildi. Yurtimizda kechayotgan islohotlarga daxldorlik, yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar, o‘z kasbiga fidoiylik, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish lozimligi ta'kidlandi.

Axborot xizmati