10/09/2019

Joriy yilning 9-sentabr kuni Davlat statistika qo`mitasida Nur-Sulton shahrida bo`lib o`tgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini ro‘yxatga olish, fuqarosizlikni bartaraf etish, aholini ro‘yxatga olish savolnomalarida fuqarolik masalalariga oid davra suhbati yakuniga bag`ishlangan seminar tashkil etildi.

Unda Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasining Demografik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo`limi boshlig`i o‘rinbosari Rahimjon Satvaldiyev fuqarosizlikni bartaraf etishda tug’ilishni to‘liq ro‘yxatga olish hamda aholini ro‘yxatga olish savolnomalarida fuqarolik bo‘yicha savollarning o‘rni yuzasidan atroflicha ma`lumot berdi.

Shuningdek, seminar davomida fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlarini ro‘yxatga olish, aholini ro‘yxatga olish jarayonida fuqarolik bo‘yicha olingan bilim va koʼnikmalarni amaliyotga tadbiq etish yuzasidan ilg`or xalqaro tavsiyalar borasida ham axborot berildi.

 

Axborot xizmati