2019 yil 2-6-sentyabr kunlari Kunming (Xitoy Xalq Respublikasi) shahrida “Osiyo Baholash Haftaligi-2019” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. Ushbu xalqaro forum Osiyo taraqqiyot banki tomonidan Xitoy Xalq Respublikasining Moliya vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
Forumda dunyoning 50 dan ziyod mamlakatlardan jumladan Afg`oniston, Ozarbayjon, Mongoliya, Gruziya, Shri-Lanka, Yaponiya, Hindiston, Xitoy Xalq Demokratik Respublikasi, Malayziya, Fillipin, Samoa, Nepal, Pokiston, Qozog‘iston, Tailand, Meksika, Kolumbiya, Janubiy Afrika, Tojikiston, O`zbekiston va boshqa davlatlardan 200 dan ortiq vakillar ishtirok etdi. Shuningdek 35 dan ortiq xalqaro tashkilotlar jumladan OTB, XVJ, UNISEF, FAO, CLEAR (Baholash va natijalarni o`rganish bo`yicha markaz), IFAD (Qishloq xo`jaligini rivojlantirish bo`yicha xalqaro fond) kabi tashkilotlardan vakillar qatnashdi.
Xalqaro forum “Osiyo Baholash Haftaligi-2019” mazkur yilda yaxshi natijalarga erishish yo`lida sifatni baholash: mahalliy, milliy, hududiy isdiqbollarga bag`ishlangan baholash sohasidagi tadbirdir. Ushbu tadbirda har xil davlatlardagi baholashga bo`lgan o`ziga xos yondashuvlar, baholash natijalarining qaror qabul qilishdagi ahamiyati, hamda Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni baholashdagi muammoli masalalar muhokama qilindi.
Forum har xil mamlakatlardan kelgan ishtirokchilar va ekspertlar uchun baholash sohasidagi eng so`nggi tajribalar bilan almashish va ushbu sohada o`zlari erishgan yutuqlarni ko`rsatish uchun xizmat qildi.
Mazkur forumda Davlat statistika qo`mitasining Axborotlarni tarqatish, xalqaro hamkorlik va axborot almashuv boshqarmasining boshlig`i o`rinbosari – Noipov Ulug`bek Atxamjon o`g`li ishtirok etdi.
Axborot xizmati