09/09/2019

Toshkent shahar hokimligida investitsiya dasturlari ijrosi masalalari yuzasidan tadbir o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Toshkent shahar statistika boshqarmasi mutaxassislari, tuman hokimlarining o‘rinbosarlari, investitsiya va tashqi savdo bo‘limi boshliqlari va boshqa tegishli boshqarma va tashkilot xodimlari mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazasini bildirib o‘tdi.

Ishtirokchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yilgi Investitsiya dasturi va hududiy investitsiya dasturlariga asosan tasdiqlangan va qo‘shimcha loyihalar doirasida Toshkent shahrida 2019-yilning yanvar-sentyabr oylarida o‘zlashtirilishi kutilayotgan investitsiya xajmlarini (shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy) korxonalar tomonidan statistik hisobotlarda to‘liq va to‘g‘ri aks ettirilishini ta'minlash borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Axborot xizmati