09/09/2019

2019-yilning 5–6-sentabr kunlari Qozog‘iston Respublikasining Nur-Sulton shahrida o‘tkazilgan “Tug‘ilganlar hech kim unitilmasligi kerak, har bir fuqaroning tan olinishi huquqi” mavzusidagi xalqaro seminarda Davlat statistika qo`mitasi Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi Demografik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘limi boshlig`i o‘rinbosari Rahimjon Sotvoldiyev ishtirok etdi.

Mazkur seminarda Qozog`iston, Qirg`iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O`zbekiston mamlakatlari vakillari qatnashdi. Shuningdek, BMTning qochoqlar bo‘yicha boshqarmasi, BMTning Osiyo va Tinch Okeani bo‘yicha Iqtisodiy  va ijtimoiy komissiyasi, BMTning Bolalar bo‘yicha jamg‘armasi (UNICEF) va boshqa xalqaro tashkilotlar ekspertlari ishtirok etdi.

Seminarning asosiy maqsadi – ishtirokchi mamlakatlar hududida fuqarosizlikni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirishdir. Shuningdek, bu borada barcha tug‘ilganlarni to‘liq ro‘yxatga olish va ro‘yxatga olishning sifatini yanada yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

 

Axborot xizmati