07/09/2019

Mustaqillik har bir xalq va davlatning istiqboli uchun eng asosiy vosita hisoblanadi. Millatning ijtimoiy-iqtisodiy va sotsial rivojlanishida mustaqillik asosiy poydevor vazifasini bajaradi. Istiqlol yillarida O'zbekiston izchil islohotlar va xalqimizning fidokorona mehnati tufayli ulkan yutuqlarga erishdi.

2019-yilning 7-sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida qo‘mita markaziy apparati xodimlari uchun o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda mamlakatimiz mustaqilligining iqtisodiyot, turizm, fan va madaniyat sohalarini rivojlantirishdagi roli muhokama qilindi. Aholining faol fuqaroligini shakllantirish to’g’risida so’z yuritildi. Uchrashuvga Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining jamoat tartibi va milliy xavfsizlik kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Karim Normatov taklif etildi.

Uchrashuvda mustaqillik yillarida mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, erkin bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirish, xalqning tinch va farovon hayot kechirishi uchun shart-sharoit yaratish, O'zbekistonning xalqaro maydonda munosib o'rin egallashiga qaratilgan keng ko'lamli chora-tadbirlar amalga oshirilganligi takidlandi.

Axborot xizmati