05/09/2019

2019-yil 5-sentabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning ko‘p omilli tahlili” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda Kadrlar malakasini oshirish va statistik  tadqiqotlar instituti direktori, i.f.d., professor B.G‘oyibnazarov hamda Makroiqtisodiy statistika va milliy hisoblar kafedrasi dotsenti G‘.Ismoilov mavzu yuzasidan fikr bildirdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganishda ko‘p omilli  korrelyatsion va regression tahlildan foydalanish samaradorligini yanada takomillashtirish hamda bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni  atroflicha muhokama qilish.

Seminar davomida mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlar va ularning amaliyotda qo‘llanilishiga doir tushunchalar berildi.

Shuningdek, o‘rganilayotgan bir nechta omil belgi bilan natijaviy belgi o‘rtasidagi bog‘liqlikning zichligini baholovchi ko‘rsatkichlar va ularning statistik mohiyati haqida fikr almashildi.

Axborot xizmati