1-sentyabr – Mustaqillik kuni mamlakatimiz istiqlolga erishgan, jahon xaritasida yangi, mustaqil va suveren davlat – O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘lgan, xalqimizning asriy orzu-intilishlari ro‘yobga chiqqan buyuk tarixiy sana bo‘lib, el-yurtimiz tomonidan eng ulug‘, eng aziz bayram sifatida har yili keng nishonlanib kelinadi.
Shu munosabat ila, Davlat statistika qo‘mitasi barcha vatandoshlarimizni Mustaqilligimizning 28 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.
Go‘zal va betakror mamlakatimizda, har bir oilada, har bir xonadonda tinchlik va farovonlik hukm sursin!
O‘zbekistonimiz doimo gullab-yashnasin!
Axborot xizmati