2019-yil 29-avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan xodimlar uchun ilmiy darajalar berish tartibiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.
Seminarda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori, i.f.d., professor B.G‘oyibnazarov mavzu yuzasidan fikr bildirdi.
Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad ilmiy-tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish istagida bo‘lganlar uchun ilmiy darajalar berish tartibi haqida tushunchalar berish hamda bu borada nomzodga qo‘yiladigan talablar bilan tanishtirish.
Seminar davomida bugungi kunda yurtimizda yosh olimlarga qaratilayotgan yuksak e’tibor ta’kidlab o‘tildi. Nomzodlarga ilmiy darajalar berishning soddalashtirilgan va xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilgan tartibi haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, seminar ishtirokchilariga nomzodlik dissertatsiyasi mavzusini tanlashda va uni yozish jarayonida qaysi jihatlarga e’tibor berish kerakligi hamda bu borada yuzaga kelayotgan muammolar haqida batafsil tushuncha berildi.
Axborot xizmati