30/08/2019

Jizzax viloyatining Baxmal, Do‘stlik, Zarbdor, Forish, Zomin, Mirzacho‘l va Paxtakor tumanlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

Seminarlarda mutaxassislar aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, bu boradagi muammo va kamchiliklar, hal etilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar xususida atroflicha fikr almashishdi.

Shuningdek, tadbirlarda ekspertlar ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berishdi.

Axborot xizmati