Joriy yilning 23 avgust kuni Andijonda O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi raisi o`rinbosarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan sayyor qabul uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Ushbu sayyor qabulda Xonobod shahar hokimining birinchi o`rinbosari M.To`ychiyev, Andijon viloyati statistika boshqarmasi boshliqlari, boshqarma, shahar va tuman statistika bo’lim boshliqlari, shuningdek Andijon viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan korxona va tashkilotlarning vakillari, hamda jismoniy shaxslar ishtirok etishdi.
Qabul davomida fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni qiynayotgan muammolarni bartaraf etish va adolatni qaror toptirish alohida e'tibor qaratildi.Yig`ilish davomida quyidagilar muhokama qilindi:
- Davlat statistika qo'mitasining asosiy vazifalari va funktsiyalari;- “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`grisida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni, shunungdek ushbu qonunining mazmun-mohiyati va talablari;
- O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro`yxatga olishni o`tkazish Konseptsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi PF-5655-sonli Farmonining mazmun-mohiyati;
- statistik hisobot shakllari bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi.
Aholi bilan ochiq muloqot chog'ida Andijon shahri aholisining 40 ga yaqin murojaatlari tinglandi, ularning ma'lum qismi joyida bartaraf etildi. Ma'lum muddat, ya`ni atroflicha o`rganish yoki vaqt taqazo etgan murojaatlar bo`yicha tegishli mutasaddilarga vazifa belgilanib, ijrosi nazoratga olindi.
Axborot xizmati