28/08/2019

Joriy yilning 26-avgust kuni Surxondaryo viloyati statistika boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tizimida “2019-yilda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha idoraviy kompleks chora-tadbirlar rejasi” ijrosini taʼminlash maqsadida, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida aholining, davlat statistika organlari mansabdor shaxslari va xodimlarining huquqiy savodxonligi va bilimini oshirishga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha surishtiruv bo‘limi katta surishtiruvchisi, podpolkovnik А.Umarov, viloyat Prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i D.Mirzaev va ushbu bo‘limning alohida muhim ishlar bo‘yicha katta tergovchisi S.Аlimov, viloyat Ichki ishlar boshqarmasi korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, mayor I.Ismoilov ishtirok etdi.

Tadbir yuqori saviyada, savol-javoblar tarzda bo‘lib o‘tdi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javob oldi.

Axborot xizmati