27/08/2019

Joriy yilning 27-avgust kuni Davlat statistika qo`mitasida Issiq-Ko'lda bo`lib o`tgan Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo'yicha Shimoliy va Markaziy Osiyoning ko'p tomonlama forumi natijalariga bag`ishlangan seminar tashkil etildi.

Seminarda 2019-yilning 20-22 avgust kunlari Issiq-Ko'l viloyatida  bo`lib o`tgan mazkur ko'p tomonlama forumda ishtirok etgan, Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasining Ta`lim, sog`liqni saqlash, fan va innovatsiya sohalarida statistik kuzatuvlar bo`limi boshlig`i Jahongir Qambarov Barqaror rivojlanish maqsadlari sohasida milliy, subregional, mintaqaviy va global darajada erishilgan natijalar tahlili bo`yicha ma`ruza qildi, milliy tajriba, shu jumladan ixtiyoriy milliy sharh masalalri bo`yicha ma`lumot berdi.

Seminarda J.Qambarov olingan bilim va koʼnikmalar barqaror rivojlanish maqsadlari boʼyicha maʼlumotlarni yigʼish va tahlil qilishda maʼlumotlar sifatini yaxshilash sohasidagi oxirgi yutuqlarning ilg`or xalqaro tavsiyalari borasida o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.  

 

Axborot xizmati