Joriy yilning 23-avgust kuni Andijon viloyati hokimiyati binosida "O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g’risida"gi Prezident farmoni ijrosi yuzasidan joylardagi vakolatli organlarning vazifalariga bag’ishlangan amaliy seminar tashkil etildi.
Mazkur amaliy seminarda viloyatning barcha tuman (shahar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, statistika, kadastr, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari vakillari, viloyat hududiy komissiyasi a'zolari ishtirok etdi.
Seminarda Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari M.Ziyadullaev, Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi, Demografik ko’rsatkichlarni shakllantirish bo’limi boshlig‘i Sh.Dusnaev so‘zga chiqib, aholini ro’yxatga olish tadbirining xalqaro darajadagi dolzarbligi, uning tarixi, xalqaro tavsiyalar, o‘tkazish bosqichlari va bugungi kunda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida fikr bildirdi.
Seminar ishtirokchilari aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda tayyorgarlik ishlarining qanchalik muhimligi xususida batafsil fikr-mulohaza almashdilar. Shuningdek, seminar davomida hududiy komissiya a'zolari tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.
Axborot xizmati