Joriy yilning 23-avgust kuni Namangan viloyati Namangan shahrida Davlat statistika qo‘mitasi raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul ushrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Namangan shahar hokimi Sh.Abdurazzoqov, viloyat statistika boshqarmasi rahbar va xodimlari, yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etdi.
Uchrashuvda xalq bilan muloqot, ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash borasida so‘z yuritildi. Davlat statistika qo‘mitasi raisi Bahodir Begalov yuridik va jismoniy shaxslar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni ta'minlash, mavjud muammolarni joyida aniqlash va tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish masalalari yuzasidan fikr bildirdi.
Yuridik va jismoniy shaxslarning statistikaga oid murojaatlari sayyor qabul davomida o`z yechimini topdi. Qo`shimcha o`rganish talab qilinadigan murojaatlar bo`yicha mas`ul xodimlarga vazifalar berildi.
Axborot xizmati