23/08/2019

Yurtimizning barcha hududida aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan turli tadbir va seminarlar o‘tkazilmoqda. Ana shunday seminarlardan biri Namangan viloyatida o‘tkazildi.

2019-yilning 22-avgust kuni Namangan viloyati hokimligida bo‘lib o‘tgan tadbirda "O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida"gi Prezident Farmoni ijrosi bo‘yicha fikr-mlohazalar bildirildi. Seminarni viloyat hokimimining 1-o‘rinbosari A.Kamalov ochib berdi.

Viloyatning barcha tuman (shahar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, statistika, kadastr, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari vakillari, viloyat hududiy komissiyasi a'zolari ishtirok etgan yig‘ilishda aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish masalalari bo‘yicha so‘z yuritildi.

Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari M.Ziyadullaev, Demografik ko`rsatkichlarni shakllantirish bo`limi  boshlig‘i Sh.Dusnayev so‘zga chiqib, farmonning ijrosi yuzasidan shu kunga qadar bajarilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida fikr bildirdi.

Tadbir ishtirokchilari aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, bu boradagi muammo va kamchiliklar, hal etilishi lozim bolgan chora-tadbirlar xususida atroflicha fikr-mulohaza almashdi. Shuningdek, tadbir davomida hududiy komissiya a'zolari tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

Axborot xizmati