23/08/2019

Joriy yilning 22-avgust kuni Farg‘ona viloyati Tadbirkorlar markazida Prezidentimizning "O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida"gi farmoni ijrosi yuzasidan seminar o‘tkazildi. Seminarni viloyat hokimimining 1-o‘rinbosari F.Toshpo’latov ochib berdi.

Tadbirda viloyatning barcha tuman (shahar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, statistika, kadastr, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari vakillari, viloyat hududiy komissiyasi a'zolari ishtirok etdi.

Seminarda Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari M.Ziyadullaev, Demografik ko`rsatkichlarni shakllantirish bo`limi  boshlig‘i Sh.Dusnayev so‘zga chiqib, farmonning ijrosi yuzasidan shu kunga qadar bajarilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida fikr bildirdi.

Tadbir ishtirokchilari aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, bu boradagi muammo va kamchiliklar, hal etilishi lozim bolgan chora-tadbirlar xususida atroflicha fikr-mulohaza almashdi. Shuningdek, tadbir davomida hududiy komissiya a'zolari tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech