22/08/2019

2019-yil 22-avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida “O‘zaro bog‘lanishlarni  statistik o‘rganish” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda Kadrlar malakasini oshirish va statistik  tadqiqotlar instituti direktori, i.f.d., professor B.G‘oyibnazarov hamda Makroiqtisodiy statistika va milliy hisoblar kafedrasi dotsenti G‘.Ismoilov mavzu yuzasidan fikr bildirdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – ijtimoiy-iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni o‘rganishda korrelyatsion va regression tahlildan foydalanish samaradorligini yanada takomillashtirish hamda bu borada yuzaga kelayotgan muammolarni  atroflicha muhokama qilish.

Seminar davomida mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlar va ularning amaliyotda qo‘llanilishiga doir tushunchalar berildi.

Shuningdek, o‘rganilayotgan omil belgi bilan natijaviy belgi o‘rtasidagi bog‘liqlikning zichligini baholovchi ko‘rsatkichlar va ularning statistik mohiyati haqida fikr almashindi.

 

Axborot xizmati