Joriy yilning 20 avgust kuni Toshkent viloyatida sayyor qabul jadvaliga muvofiq Davlat statistika qo`mitasi raisining o`rinbosari Ziyayev Zoxidjan Muratovich va Zangiota tumani xokimi o`rinbosari B.Mamadaliyev ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari uchun navbatdagi sayyor qabul uchrashuvi bo`lib o`tdi.
Yig`ilish davomida quyidagilar muhokama qilindi:
- “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`grisida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni, shunungdek ushbu qonunining mazmun-mohiyati va talablari;
- O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro`yxatga olishni o`tkazish Konseptsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi PF-5655-sonli Farmonining mazmun-mohiyati;
- Davlat statistika qo'mitasining asosiy vazifalari va funktsiyalari;
- statistik hisobot shakllari bo'yicha ma'lumotlar taqdim etildi.
Murojaatlar muammolarining katta qismi qabul davomida o`z yechimini topdi, qo`shimcha o`rganish talab qilinadigan murojaatlar bo`yicha aniq muddat bilan mas`ul xodimlarga topshiriqlar berildi.
Axborot xizmati