Joriy yilning 21-avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida qo‘mita markaziy apparati xodimlari uchun “Ma'naviyat soati” tashkil etildi. Uchrashuvga Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati, sotsiologiya fanlari doktori Matibaev Tashpo‘lat Baltabaevich taklif etildi.
Tadbirda T.Matibaev mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlarining mazmun-mohiyati to‘g‘risida so‘z yuritdi. Dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning mazmun-mohiyati, ayniqsa, odam savdosi, terrorizm, diniy ekstremizm, "ommaviy madaniyat" va boshqa tahdidlarga qarshi kurashish lozimligi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, uchrashuvda har bir gapni o‘ylab gapirish, notiqlik san'ati, odob-axloq, muomala madaniyati, kamtarlik, samimiylik sifatlari haqida fikr-mulohaza bildirildi. Yurtimizda kechayotgan islohotlarga daxldorlik, yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlar, o‘z kasbiga fidoiylik, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish lozimligi borasida so‘z yuritildi.
Tadbir so‘ngida xodimlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.
Axborot xizmati