2019 yil 19 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida milliy hisoblarning zamonaviy tizimini joriy etish to‘g‘risida”gi 691-son qarori qabul qilindi (http://lex.uz/pdfs/4478621). Ushbu hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiy statistikani yanada takomillashtirish va milliy hisoblar zamonaviy tizimini joriy etish bo‘yicha Amaliy chora-tadbirlar kompleksi tasdiqlandi.
Amaliy chora-tadbirlar kompleksida milliy hisoblarni tuzish metodologiyasini takomillashtirish, ushbu masalalar bo‘yicha maslahat va texnik yordam ko‘rsatish uchun xalqaro tashkilotlarni faol jalb etish, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni shakllantirishda foydalaniladigan xalqaro statistik tasniflagichlarni joriy etish, makroiqtisodiy statistikani tuzish uchun axborot resurslarini shakllantirish masalalari bo‘yicha idoralararo hamkorlikni kengaytirish, milliy hisoblar tizimining yangi qoidalarini hisobga olgan holda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar hisob-kitoblarini joriy etish, shuningdek, davlat moliyasi statistikasi, tashqi sektor statistikasi va pul-kredit statistikasini rivojlantirish kabi qator tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
Axborot xizmati