21/08/2019

Shu yil 15-avgust kuni Farg‘ona tumanida Davlat statistika qo‘mitasi raising birinchi o‘rinbosari Mirusmаnov Boxodir Mirxosilovich boshchiligida sayyor qabul uchrashuvi bo`lib o`tdi. Unda Farg‘ona viloyati statistika boshqarmasi rahbar va xodimlari, jismoniy va yuridik shaxslar ishtirok etdi.


Tadbirda xalq bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va ochiq muloqotni ta'minlash, mavjud muammolarni joyida aniqlash va tezkorlik bilan bartaraf etish choralarini ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv boshida B.Mirusmаnov “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to`grisida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyati xususida hamda jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish tartibi haqida fikr yuritdi.

Uchrashuvning maqsadi viloyat va shahar statistika organlari faoliyatining sifatini yaxshilash, statistika sohasiga oid aholi va tadbirkorlarnini murojaatlarini joyida hal etishdir. Bunday islohotlar odamlarning ertangi kun va adolatli fuqarolik jamiyatiga bo‘lgan ishonchini mustahkamlaydi.

Murojaatlarning katta qismi qabul davomida o`z yechimini topdi. Qo`shimcha o`rganish talab qilinadigan murojaatlar bo`yicha mas`ul xodimlarga topshiriqlar berildi.

Axborot xizmati