19/08/2019

Joriy yilning 19 avgust kuni Davlat statistika qo`mitasida qo`mita Raisi Begalov Bahodir Abdusalomovich boshchiligida BMT Aholishunoslik bo`yicha jamg`armasining (UNFPA) aholini ro`yxatga olish masalalari bo`yicha xalqaro eksperti bilan bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuv jarayonida, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro`yxatga olishni o`tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida”gi PF-5655-son Farmoni va 2022 yilda aholini ro`yxatga olishga tayyorgarlik ko`rish va o`tkazish bilan bog`liq masalalar muhokama qilindi.

Missiya vakillari, uchrashuv davomida qo`yilgan barcha savollar bo`yicha to`liq javob va tushuntirishlar oldilar. Uchrashuv yakunida Missiya vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga  tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.

Axborot xizmati