19/08/2019

Joriy yilning 16 avgust kuni Samarqand shahrida xodimlar o’rtasida bilimlarini sinovdan o'tkazish, kasbga bo'lgan qiziqishi va malakasini oshirish, o'z qobiliyatlarini namoyon etish, qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida statistika tizimida birinchi marotaba «Yilning eng yaxshi intervyueri» tanlovi o’tkazildi. Tanlov Dаvlаt stаtistikа qo‘mitаsi Rаisining ijtimoiy statistika bo’yicha o’rinbosari M.Ziyadullaev boshchiligida tashkillashtirildi.

Bunday tadbirlar, o`z navbatida, aholi turmush darajasi statistikasini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, uy xo’jaligi kuzatuvida faoliyat yuritayotgan xodimlar o’rtasida o`zaro hamjihatlik, birdamlik va do`stona muhit orqali mehnat faoliyati samaradorligini yanada oshirishga qaratilgani bilan ham muhim ahamiyatga ega.

«Yilning eng yaxshi intervyueri» tanlovi yakunida g`oliblar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg`alari va diplomlar bilan taqdirlandi.

Mazkur tanlovda Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi bosh sovrinni qo`lga kiritdi. Ikkinchi o`rinni mezbon Samarqand viloyat statistika boshqarmasi jamoasi va  uchinchi o`rinlarni  Farg`ona hamda Qashqadaryo viloyat statistika boshqarmasi jamoalari egalladi.


 

 

Axborot xizmati