19/08/2019

Joriy yilning 16-avgust kuni Farg‘ona viloyat statistika boshqarmasida Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari B.Mirusmanov raisligida yig‘ish o‘tkazildi.

Unda Davlat statistika qo‘mitasining quyi tizim organlarida 2019-yilda o‘tkaziladigan kompleks o‘rganishlar bo‘yicha reja jadvali hamda viloyat statistika boshqarmasi va uning shahar va tuman bo‘limlarida statistika faoliyatini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

        

Tadbirda boshqarmaning tarmoq va shahar, tuman statistika bo‘limlari boshliq va  mutaxassislari o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi. O‘rganish davomida aniqlangan xato va kamchiliklar muhokama etilib, ularni bartaraf etish va kelgusida muammolarning vujudga kelmasligi uchun nimalarga e’tibor berish lozimligi bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

         

 Axborot xizmati