Shu yilning 15-avgust kuni Farg`ona tumanida Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Bohodir Mirusmаnov boshchiligida jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabul uchrashuvi tashkil etildi.
Sayyor qabulda Farg`ona tuman hokimining birinchi o`rinbosari M.Sharipov, Farg`ona viloyati statistika boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari E.Tashbekov, boshqarma, shahar va tuman statistika bo‘lim boshliqlari, shuningdek, Farg`ona viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan korxona va tashkilotlarning vakillari hamda fuqarolar ishtirok etdi.
Tadbir qatnashchilariga statistika tizimiga oid yangiliklar, “O`zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro`yxatga olishni o`tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to`grisida”gi farmoniga muvofiq “O`zbekiston Respublikasida aholini ro`yxatga olish to`g`risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqilgani hamda sohaga oid boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan ma’lumot berildi. Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, muddat talab etiladigan murojaatlar bo`yicha mas`ullar biriktirilib, belgilangan muddatda ijrosini ta`minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.
Axborot xizmati