16/08/2019

2019-yilning 14-avgust kuni Buxoro viloyati hokimiyatida "O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g’risida"gi Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga bag’ishlangan seminar tashkil etildi.

Tadbirda viloyatning barcha tuman (shahar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, statistika, kadastr, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari vakillari, viloyat hududiy komissiyasi a'zolari ishtirok etdi.

Seminarda Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari M.Ziyadullaev, Demografik ko‘rsatkichlarni shakllantirish bo‘limi boshlig‘i Sh.Dusnaev so‘zga chiqib, aholini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan shu kunga qadar bajarilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida fikr bildirdi.

Tadbir ishtirokchilari aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda tayyorgarlik ishlarining qanchalik muhimligi xususida batafsil fikr-mulohaza almashdi. Shuningdek, tadbir davomida hududiy komissiya a'zolari tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech