15/08/2019

Joriy yilning 15-avgust kuni Toshkent shahar hokimligida Davlat statistika qo‘mitasi hamda Toshkent shahar statistika boshqarmasi mas’ul xodimlari ishtirokida Prezidentning 2019-yil 5-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni mazmun-mohiyati va talablari yuzasidan ishchi komissiya a’zolari ishtirokida videokonferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur uchrashuvda aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, bu boradagi muammo va kamchiliklar, hal etilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar xususida atroflicha fikr-mulohazalar almashildi. Tadbir davomida hududiy komissiya a’zolari tomonidan berilgan savollarga batafsil ma’lumot berildi.

 

Axborot xizmati