15/08/2019

Joriy yilning 15-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasida Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi Davlat aloqa xizmatining delegatsiyasi bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Uchrashuvda Davlat statistika qo’mitasi va Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi Davlat aloqa xizmati o’rtasidagi o’zaro hamkorlik va axborot almashuv masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Ochiq ma'lumotlar portali faoliyatini takomillashtirishga ko'maklashish masalalari bo‘yicha takliflar bildirildi.

Uchrashuv yakunida Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligi Davlat aloqa xizmatining delegatsiyasi vakillari Davlat statistika qo`mitasi rahbariyatiga  tashkil etilgan uchrashuv yuzasidan minnatdorlik bildirib, kelajakda yanada samarali hamkorlik qilishga umid bildirishdi.

Uchrashuv iliq va do`stona ruhda bo`lib o`tdi.

 

Axborot xizmati

 

Tugmani bosing Tinglash GSpeech