14/08/2019

Joriy yilning 9 avgust kuni Namangan viloyati Chortoq tumanida Davlat statistika qo’mitasi raisi o’rinbosari Ikramov Agzam Anvardjanovich boshchiligida jismoniy va yuridik shaxslar vakillari uchun sayyor qabul uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Ushbu sayyor qabulda Chortoq tuman hokimi A.Otaxodjayev, Namangan viloyati statistika boshqarmasi boshlig`i S.Melixujayev, boshqarma, shahar va tuman statistika bo’lim boshliqlari, shuningdek Namangan viloyatida faoliyat yuritib kelayotgan korxona va tashkilotlarning vakillari, hamda jismoniy shaxslar ishtirok etishdi.

Yig’ilish qatnashchilariga statistika tizimiga oid yangiliklar haqida, shuningdek O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 5 fevraldagi “O`zbekiston Respublikasida 2022 yilda aholini ro`yxatga olishni o`tkazish konseptsiyasini tasdiqlash to`grisida”gi PF5655-son Farmoniga muvofiq “O`zbekiston Respublikasi aholini ro`yxatga olish to`g`risida”gi qonuni loyihasi ishlab chiqilganligi va mazkur Farmon ijrosi yuzasidan ma’lumot berib o’tildi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan berilgan murojaatlarning aksariyatiga joyida yechim topildi, muddat talab etiladigan murojaatlar bo`yicha mas`ullar biriktirilib, belgilangan muddatda ijrosini ta`minlash yuzasidan mutasaddi rahbarlar zimmasiga aniq vazifalar yuklandi.

                                 

Axborot xizmati