«O`zbekiston Respublikasida investitsiya va qurilish faoliyati ko`rsatkichlarini hisoblash uslubiyatlari va ularni e`lon qilish tartibi” mavzuida hududlarda seminarlar o`tkazilmoqda
Seminarlarda hudud hokimliklari, investitsiya bo`limlari vakillari, investorlar hamda Davlat statistika qo`mitasining mas`ul xodimlari ishtirok etmoqda.
Investitsiyalarni jalb etish, o`zlashtirish, asosiy kapitalga yo`naltirish, to`g`ridan-to`g`ri xorijiy investitsiyalar, xorijiy kreditlar kabi tushunchalarning joylarda to`g`ri talqin etilishi, ularning statistika hisobotlarida to`g`ri aks ettirilshi yuzasidan keng tushunchalar berilmoqda.
Shuningdek, seminarda Milily xisoblar tizimi – 2008, To`lov balansi va xalqaro investitsiya holati bo`yicha yo`riqnoma kabi statistika soxasiga oid xalqaro yo`riqnomalar va tavsiyalar to`g`risida ham tushunchalar berildi. Seminarda ishtirokchilar o`zlarini qiziqtirgan savol va masalalar yuzasidan batafsil javob oldilar.
Axborot xizmati