2019-yilning 8-avgust kuni Urganch shahar hokimligida barcha tuman (shahar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, statistika, kadastr, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari vakillari, viloyat hududiy komissiya a'zolari ishtirokida seminar tashkil etildi.
Tadbir aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish masalasiga bag‘ishlandi.
Seminarda, Davlat statistika qo‘mitasining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Q.Berdikulov so‘zga chiqib, bugungi kunda aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
U belgilangan chora-tadbirlarni bajarishda, avvalo, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish zarurligi, shundan so‘nggina amaliy ishlarni bajarishga kirishish lozimligi haqida gapirdi.
Tadbir davomida hududiy komissiya a'zolari tomonidan aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish yuzasidan amaliy takliflar bildirildi. Ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.
Axborot xizmati