12/08/2019

Joriy yilning 7-avgust kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni tashkil etish va o‘tkazish masalasi yuzasidan seminar o‘tkazildi.

Unda barcha tuman (shahar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, statistika, kadastr, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari vakillari  ishtirok etdi.

Seminarda Davlat statistika qo‘mitasining Demografiya va mehnat statistikasi boshqarmasi boshlig‘i Qobil Berdikulov so‘zga chiqib, Prezidentimizning 2019-yil 5-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida gapirdi.

Tadbir ishtirokchilari aholini ro‘yxatga olishda nimalarga e’tibor qaratish lozimligi, bu boradagi muammo va kamchiliklar, hal etilishi lozim bolgan chora-tadbirlar xususida atroflicha fikr-mulohaza almashdi.

 

Axborot xizmati