Joriy yilning 8 avgust kuni Sirdaryo va Jizzax viloyatlari statistika boshqarmalarida Aholi turmush darajasi va kuzatuvlari statistika boshqarmasi boshlig`i J.Yuldashev tomonidan Turmush darajasi statistikasi va uy xo`jaliklari kuzatuvlari bo`limi mutaxassislariga sohaga tegishli bo’lgan ma`lumotlar, kelajakda rejalashtirilayotgan o`zgarishlar hamda maqsadlar bo`yicha seminar tashkil etildi.
Seminarda Uy xo’jaliklari tanlama kuzatuvlarini tashkil etish, ma’lumotlarni yig’ish, kuzatuv ma’lumotlari asosida shakllantiriladigan ko’rsatkichlarni tahlil qilish bo’yicha atroflicha tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Axborot xizmati