08/08/2019

2019-yil 8-avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Statistik tahlilni jahon andozalariga moslashtirish muammolari” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti  “YUNESKO” (UNESCO) kafedrasining  mudiri, iqtisodiyot  fanlari doktori, professor Tursun Shodiyev mavzu yuzasidan fikr bildirdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad – statistika sohasida tahlil usullaridan foydalanish samaradorligini yanada takomillashtirish, hamda ularni bugungi jahon andozalariga uyg‘unlashtirish borasida yuzaga kelayotgan muammolarni  atroflicha muhokama qilish. 

Seminar davomida statistik kuzatuvlar asosida olingan ma’lumotlarning tahlilini  jahon andozalariga uyg‘unlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud kamchiliklar bo‘yicha atroflicha to‘xtalib o‘tildi.

Shuningdek  tahlil qilinayotgan ko‘rsatkichlarni ma’lum jihatlariga qarab standartlashtirish va guruhlash  hamda hisob-kitoblarni amalga oshirayotganda  yashirin iqtisodiyotning ishtirokini e’tiborga olish lozimligi ta’kidlab o‘tildi.

 

Axborot xizmati