Shu yilning 5-avgust kuni Qashqadaryo viloyati hokimligida Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Unda viloyatning barcha tuman (shahar) hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari, statistika, kadastr, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari vakillari, viloyat hududiy komissiyasi a'zolari ishtirok etdi.
Seminarda Davlat statistika qo‘mitasining “Demografiya va mehnat statistikasi” boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Zoyir Yuldoshev so‘zga chiqib, farmonning ijrosi yuzasidan shu kunga qadar bajarilgan ishlar va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar to‘g‘risida fikr bildirdi.
Tadbir davomida hududiy komissiya a'zolari tomonidan berilgan savollarga batafsil javob berildi.
Axborot xizmati