02/08/2019

2019-yil 1-avgust kuni Davlat statistika qo‘mitasida “Statistik axborotlarni qayta ishlashda iqtisodiy-statistik va moliyaviy tahlil usullaridan foydalanish” mavzusida seminar tashkil etildi. Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etdi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi  Pensiya va sug‘urta ishi kafedrasi mudiri F.A.Allayarov mavzu yuzasidan fikr bildirdi.

Tadbirni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad  bugungi kunda statistika sohasida ekonometrik usullardan foydalanish samaradorligini yanada takomillashtirish, hamda korrelatsion va regression tahlil asosida olingan ma’lumotlar orqali ishtirokchilarga  iqtisodiy jarayonlarni prognozlashtirish haqida tushuncha berishdir.

Seminar davomida statistik kuzatuvlar asosida olingan ma’lumotlarni tahlil qilishda  ekonometrik modellardan foydalanish masalalari va bu borada yuzaga kelayotgan muammolar seminar ishtirokchilari tomonidan muhokama qilindi.

Axborot xizmati