Joriy yilning 31-iyul kuni Davlat statistika qo`mitasida Tbilisi shahrida (Gruziya) bo`lib o`tgan “Gender statistikasi: kuzatuv muammolari va imkoniyatlar” mavzusidagi hududiy konferensiyaga bag`ishlangan qo`mita xodimlari uchun seminar tashkil etildi.
Seminarda 2019-yilning 25-26 iyul kunlari Tbilisi shahrida (Gruziya) bo`lib o`tgan mazkur hududiy konferensiyada ishtirok etgan Yig`ma-axborot ishlari boshqarmasi boshlig`i Xurshid Jurayev mamlakatlar o`rtasida milliy tizimlarni takomillashtirish va modernizatsiya qilish bo`yicha o`zaro tajriba almashish, gender statistikasi ma`lumotlarni shakllantirish va tahlil qilish o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik bo`yicha ma`ruza qildi..
Shuningdek, gender statistikasi sohasidagi oxirgi yutuqlarning ilg`or xalqaro tavsiyalari borasida o`z fikrlari bilan o`rtoqlashdi.
Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati