2019-yilning 30-iyul kuni Davlat statistika qo`mitasi vakillarining Osiyo Taraqqiyot Bankining Ipoteka krediti bozorini rivojlantirish dasturi missiyasi vakillari bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.
Uchrashuvda uy-joy sektori ko`rsatkichlari, uy-xo`jaliklari daromadlarini tegishli toifalar kesimida taqsimlanishi, shuningdek, joriy uy-joy sharoitlari va aholi turmush darajasining boshqa jihatlari bo`yicha ma`lumotlarni yig`ish va tarqatish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, uchrashuvda yangi va mavjud ko`p kvartirali va yakka tartibdagi turar joy uylari narxlari bo`yicha ma`lumotlarni shakllantirish va ilg`or xalqaro amaliyotga muvofiq uy-joy narxlari indeksini ishlab chiqish bo`yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Uchrashuv iliq va do`stona ruhda o`tdi.
Axborot xizmati